{"id":55383,"date":"2025-10-21T01:42:07","date_gmt":"2025-10-21T01:42:07","guid":{"rendered":"https:\/\/cis.qnet.net\/code-of-ethics\/"},"modified":"2026-06-19T19:50:54","modified_gmt":"2026-06-19T19:50:54","slug":"axloq-kodeksi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/axloq-kodeksi\/","title":{"rendered":"Axloq Kodeksi"},"content":{"rendered":"<h2>SIYOSATLAR <\/h2>\n<h2>AXLOQ KODEKSI<\/h2>\n<p>QNet Ltd. (keyingi o\u2018rinlarda &#8211; &laquo;QNET&raquo;, &laquo;biz&raquo;, &laquo;bizni&raquo;) &#8211; QI Group tarkibiga kiruvchi kompaniya bo\u2018lib, sizning shaxsiy ma\u2019lumotlaringizni himoya qilishga katta e\u2019tibor qaratadi va servislarimizdan foydalanishni qulay va xavfsiz qilish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi.<\/p>\n<p>Biznes yuritish qoidalarini belgilovchi ushbu Axloq kodeksi QNET Siyosat va protseduralarining, shuningdek, har bir Mustaqil distribyutorga (MD) majburiy bo\u2018lgan boshqa amaldagi normativlar va kelishuvlarning bir qismi hisoblanadi. Kodeks, Siyosat va protseduralar, qoidalar yoki kelishuvlarning har qanday jiddiy buzilishi QNET tomonidan Siyosat va protseduralarga muvofiq choralar ko\u2018rilishini talab qiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, QNET barcha Mustaqil distribyutorlarga (MD) o\u2018z mamlakatlarida To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri savdo assotsiatsiyasi (DSA) tomonidan ishlab chiqilgan Ahloq kodeksi bilan tanishish va unga rioya qilishni tavsiya qilishi kerak (agar bunday hujjat mavjud bo\u2018lsa va qo\u2018llanilsa).<\/p>\n<p>Axloq kodeksiga rioya qilish barcha MDlar uchun majburiydir.<\/p>\n<h3>A qism: Xulq-atvor <\/h3>\n<h3>1. JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR <\/h3>\n<h4>1.1 Aloqalar va kommunikasiyalar <\/h4>\n<p>Mustaqil distribyutor (MD):<\/p>\n<p>1. har doim aloqa qilayotgan shaxsning shaxsiy hayotiga hurmat bilan yondashishi va uning istaklarini inobatga olishi kerak &#8211; bu telefon orqali yoki boshqa har qanday usulda bo\u2018lishidan qat&#8217;i nazar;<\/p>\n<p>2. QNETga yoki taklif qilinayotgan imkoniyatlarga ishora qilgan holda, kim bilan bo\u2018lishidan qat\u2019i nazar, haqoratli, tajovuzkor, adolatsiz yoki nomunosib xulq-atvordan foydalanmasligi kerak;<\/p>\n<p>3. QNET bilan imkoniyatlar va hamkorlikni obyektiv tarzda taqdim etishi shart &#8211; ma\u2019lumotni oshirib yubormasdan, yashirmasdan, ataylab chalg\u2018itmasdan yoki faktlarni buzmasdan;<\/p>\n<p>4. o\u02bbz tashqi ko\u2018rinishi, nutqi va hujjatlarini diqqat bilan nazorat qilishi, o\u2018zini taqdim etishning eng yuqori darajasini saqlashi kerak;<\/p>\n<p>5. qo\u2018ng\u2018iroqlar va uchrashuvlar uchun vaqt va kunlarga oid qonun talablariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilishi shart.<\/p>\n<h4>1.2 Imkoniyatlarni taqdim etish<\/h4>\n<p>Mustaqil distributer (MD) QNETning Biznes-reja taqdimoti, trening, seminar yoki uchrashuvini o\u2018tkazayotgan bo\u2018lsa, quyidagilarga rioya qilishi shart:<\/p>\n<p>1. QNET rejasida ko&#8217;zda tutilgan moliyaviy mukofotlar haqida noto&#8217;g&#8217;ri ma&#8217;lumot bermaslik;<\/p>\n<p>2. QNET mahsulotlari, xizmatlari va dasturlarining xususiyatlari, shu jumladan ularning sifati, qiymati, maqsadi, jihozlari yoki afzalliklari haqida bo\u02bbrttirilgan ma&#8217;lumot bermaslik yoki adashtirmaslik;<\/p>\n<p>3. QNET mahsulotlari va xizmatlari narxlarini halol va to\u2018g\u2018ri ko\u02bbrsatish;<\/p>\n<p>4. QNET mahsulotlari va xizmatlarining tabiati, ishlab chiqarish usuli, xususiyatlari, yaroqliligi yoki sifati to\u2018g\u2018risida kimnidir chalg\u2018itishi mumkin bo\u2018lgan harakatlar yoki bayonotlarga yo\u2018l qo\u2018ymaslik;<\/p>\n<p>5. tovarlar yoki xizmatlarni sotib olishga yolg\u2018on yoki asossiz ehtiyojni ilhomlantirmaslik;<\/p>\n<p>6. Mustaqil distribyutorlarning barcha moliyaviy mukofotlari faqat ularning shaxsiy faoliyati va natijalariga bog\u2018liqligini aniq va tushunarli tarzda tushuntirish;<\/p>\n<p>7. faqat QNET tomonidan tasdiqlangan rasmiy materiallardan, shu jumladan shakllar, ssenariylar va boshqa vositalardan foydalanish.<\/p>\n<h4>1.3 Biznes yuritish<\/h4>\n<p>Mustaqil distribyutorga quyidagilar qat\u2019iyan man etiladi:<\/p>\n<p>1. boshqa odamlarning zaifligidan foydalanish \u2014 ularning kasalligi, yoshi, nogironligi, ma\u2019lumot yetishmasligi yoki tilni bilmasligi;<\/p>\n<p>2. QNET mahsulotlariga buyurtmani rasmiylashtirishdan taklifidan tashqari har qanday usulda mahsulotlarga buyurtma berishga majburlash yoki talab qilish &#8211; jumladan, kuch ishlatish, bosim o\u2018tkazish, ortiqcha ishontirish yoki majburlash;<\/p>\n<p>3. so\u2018ralganda o\u2018zini tanishtirishdan yoki maqomini tasdiqlashdan bosh tortmish;<\/p>\n<p>4. voyaga yetmaganlarni yoki yuridik layoqati bo\u2018lmagan shaxslarni ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>5. QNET biznesini investitsiya va\/yoki &laquo;boyib ketishning tezkor usuli&raquo; sifatida taqdim etish;<\/p>\n<p>6. boshqalarni aldash, firibgarlik qilish yoki ularning mulkini o\u2018g\u2018irlash;<\/p>\n<p>7. ro\u2018yxatdan o\u2018tish jarayoni yoki mukofot rejasi to\u2018g\u2018risida yolg\u2018on ma\u2019lumot berish yoki ma\u2019lumotni buzib ko\u02bbrsatish;<\/p>\n<p>8. QNET qonunlari, qoidalari yoki belgilangan me\u2019yorlarini buzgan holda Mustaqil distribyutor ofisini ochish;<\/p>\n<p>9. QNET nomini suiiste\u2019mol qilish, o\u2018zini kompaniyaning vakolatli vakili yoki xodimi sifatida ko\u2018rsatish yoki QNET obro\u2018siga putur yetkazish.<\/p>\n<h4>1.4 Biznes-rejani tushuntirish <\/h4>\n<p>QNET biznes-rejasini va mumkin bo\u2018lgan imtiyozlarni taqdim etish yoki muhokama qilishda Mustaqil distribyutor rasmiy QNET materiallariga tayanishi va quyidagi qoidalarga rioya qilishi shart:<\/p>\n<p>1. Agar daromad prognozlari tilga olinadigan bo\u2018lsa, ular odatiy sharoitlarda biznes yuritadigan o\u2018rtacha statistik odam erishishi mumkin bo\u2018lgan natijalarni aks ettirishi kerak;<\/p>\n<p>2. Agar taxminiy daromad hisob-kitoblari keltirilsa, ular qaysi taxminlarga asoslanganligi aniq ko\u2018rsatilishi kerak;<\/p>\n<p>3. Agar daromad prognozlarini tuzishda asos bo\u2018luvchi oldingi tajriba mavjud bo\u2018lmasa, bu ma\u2019lumotni taqdim etishda ochiqchasiga aytilishi kerak.<\/p>\n<p>QNET Biznes-rejasini taqdim etish yoki muhokama qilishda Mustaqil distribyutorga quyidagi masalalar bo\u2018yicha yolg\u2018on bayonotlar berish taqiqlanadi:<\/p>\n<p>1. Biznesni yuritish bilan bog&#8217;liq mumkin bo\u2018lgan xatarlar;<\/p>\n<p>2. O\u2018rtacha statistik odam biznesga ajratishi kerak bo\u2018lgan vaqt miqdori;<\/p>\n<p>3. Biznes bilan shug\u2018ullanuvchi o\u2018rtacha statistik odam kutishi mumkin bo\u2018lgan yillik xarajatlar va yalpi daromad, shuningdek, ularni hisoblash usullari.<\/p>\n<h3>B qism: MAJBURIYATLAR <\/h3>\n<h3>2. UMUMIY MAJBURIYATLAR <\/h3>\n<h4>2.1 Vakolat cheklovlari <\/h4>\n<p>Mustaqil distribyutorning (MD) vakolatlari cheklangan. QNET bilan bog\u2018liq har qanday savollar Kompaniyaning Vakolatli vakiliga yuborilishi kerak. MD Kompaniya Vakolatli vakilining oldindan yozma ruxsatisiz qaror qabul qilish jarayoniga aralashishga haqli emas.<\/p>\n<h4>2.2 Mustaqil distribyutorlarning boshqa tarmoqlardan tortib olish <\/h4>\n<p>QNET raqobatdagi kompaniyalar distribyutorlari yoki QNET ichidagi boshqa homiylik liniyalaridagi Mustaqil distribyutorlarni ataylab tortib olishni qat\u2019iyan man etadi.\u00a0<\/p>\n<h3>3. QNET MULKIDAN FOYDALANISH<\/h3>\n<p>Barcha savdo belgilari, logotiplar va xizmat ko\u2018rsatish belgilari ro\u2018yxatdan o\u2018tgan va QNET va\/yoki uning affillangan kompaniyalariga tegishli. Barcha yozma materiallar QNET mualliflik huquqining obyekti hisoblanadi. Savdo belgilari, logotiplar, xizmat ko\u2018rsatish belgilaridan foydalanish va mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni nashr etishga faqat QNET yozma ruxsati bilan ruxsat beriladi.<\/p>\n<h3>4. MAHSULOTLAR HAQIDA BAYONOTLARI <\/h3>\n<p>QNET o\u2018z mahsulotlari haqida ishonchli, tekshiriladigan va to\u2018liq ma\u2019lumotlarni nashr qiladi. Mustaqil distribyutorlarga QNET mahsulotlari yoki xizmatlari haqida bayonot berish taqiqlanadi, agar ular QNET rasmiy materiallariga asoslanmagan yoki ushbu materiallardagi ma\u2019lumotlarni aks ettirmasa.<\/p>\n<h3>5. MUSTAQIL DISTRIBYUTORNING MAJBURIYATLARI<\/h3>\n<h4>5.1 Axloqiy biznes yuritish<\/h4>\n<p>MD quyidagilarga majbur:<\/p>\n<p>1. O\u2018z guruhidagi vakillar ushbu Kodeks bilan tanishganligini va guruh ichidagi, boshqa MDlar bilan hamda jamoatchilik bilan bo\u2018lgan ishbilarmonlik munosabatlarini qonuniy, odobli, halol tarzda va Kodeks talablariga muvofiq olib borishlarini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>2. Har doim MD faoliyatiga taalluqli qonunchilikdan xabardor bo\u2018lish, o\u2018z majburiyatlarini bilish, shuningdek, faoliyatga ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin bo\u2018lgan boshqa muhim faktlar, me\u2019yorlar va davlat qoidalarini bilish;<\/p>\n<p>3. Ma\u2019lumotlarni maxfiy saqlash va agar bu boshqa MD biznesiga zarar yetkazishi mumkin bo\u2018lsa, ularni noo\u2018rin tarzda ishlatmaslik;<\/p>\n<h4>5.2 QNET majburiyatlari<\/h4>\n<p>QNET kompaniyasi quyidagilar kafolatlaydi:<\/p>\n<p>1. Uning xodimlari har doim MDning qonuniy manfaatlariga zid bo\u2018lmaslikka harakat qiladilar va o\u2018z vazifalarini professional, vijdonan va halol bajaradilar;<\/p>\n<p>2. MDlar o\u2018z faoliyatiga taalluqli qonunlar, MDning majburiyatlari hamda bizneslariga ta\u2019sir qilishi mumkin bo\u2018lgan boshqa muhim faktlar va me\u2019yoriy qoidalar haqida o\u2018z vaqtida dolzarb ma\u2019lumotlarni oladilar va barcha tegishli talablarni bajaradilar;<\/p>\n<p>3. QNET xodimlari MDlarga keng ko\u2018lamli yordam ko\u2018rsatadilar va ularning faoliyatiga taalluqli masalalarda maslahat beradilar;<\/p>\n<p>4. Kompaniya har doim iloji boricha MD manfaatlarini ko&#8217;zlab harakat qiladi.<\/p>\n<h3>C qism: KODEKSNING QO\u02bbLLANILISHI<\/h3>\n<h3>6. AXLOQ KODEKSINING QO&#8217;LLANILISHI <\/h3>\n<p>QNET va MDlar ushbu Axloq kodeksi shartlarini to\u2018liq qabul qiladilar va uning talablariga rioya qilish majburiyatini oladilar.<\/p>\n<h4>6.1 Riyao qilish <\/h4>\n<p>QNET va MDlar quyidagilarning Kodeksga to\u02bbliq rioya qilishlarini ta&#8217;minlaydilar:<\/p>\n<p>1. QNET tomonidan &#8211; Kompaniyaning direktorlari, rahbarlari va barcha xodimlari tomonidan;<\/p>\n<p>2. MD tomonidan &#8211; o\u2018zi va uning tuzilmasi (Daunlaynlar) tomonidan.<\/p>\n<h4>6.2 Boshqarish<\/h4>\n<p>QNET MDlar bilan o\u2018zaro aloqalarni Axloq kodeksi talablarining bajarilishiga ko\u02bbmaklashadigan tarzda tashkil qiladi.<\/p>\n<h3>7. YO\u02bbL QO\u02bbYIB BO\u02bbLMAYDIGAN HARAKATLAR<\/h3>\n<p>MBlarga quyidagilar taqiqlanadi:<\/p>\n<p>1. O\u2018zini targ\u2018ib qilish yoki boshqa MLM-kompaniya yoki to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri savdo kompaniyasi nomidan harakat qilish;<\/p>\n<p>2. Maxfiy ma\u2019lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish yoki ularni ruxsatsiz yoki noaxloqiy maqsadlarda ishlatish;<\/p>\n<p>3. Boshqa MDlarning biznesiga oid moliyaviy masalalarni muhokama qilish;<\/p>\n<p>4. Boshqa MDlarni homiylik liniyasini o\u2018zgartirishga undash;<\/p>\n<p>5. &laquo;Kross-layning&raquo; yoki o\u02bbziga jalb qilish bilan shug&#8217;ullanish;<\/p>\n<p>6. Boshqa odamlarni &laquo;kross-layning&raquo; yoki o\u02bbziga jalb qilish bilan shug&#8217;ullanishga undash;<\/p>\n<p>7. QNET tomonidan moliyalashtirilgan tadbirlar, materiallar yoki vositalarni (adabiyot, disklari va boshqalar) &laquo;kross-layning&raquo;ni qo\u2018llab-quvvatlash yoki jalb qilish maqsadida ishlatish;<\/p>\n<h3>8. POTENSIAL MDga YORDAM BERISH<\/h3>\n<p>Mustaqil distributer (MD) mustaqil ravishda yoki Aplayn ko\u02bbmagi bilan har doim Ariza berish jarayonidagi barcha zarur bo\u2018limlarni Nomzod ishtirokida to\u2018ldirishi shart.<\/p>\n<h4>8.1 Nomzod uchun tushuntirish <\/h4>\n<p>Homiy yoki Aplayn Nomzodga Ariza shaklidagi barcha tafsilotlarni tushuntirishi va uni Nomzod bilan birga to\u2018ldirishi kerak, shunda Nomzod aynan shu Aplayn yoki Referer tomonidan shaxsan taklif qilinganini aniq tushunadi.<\/p>\n<h4>8.2 Arizani qabul qilish <\/h4>\n<p>Arizani qabul qilish va shaxsni Mustaqil distribyutor etib tayinlash QNET ixtiyoriga ko&#8217;ra amalga oshiriladi.<\/p>\n<h3>9. SHIKOYATLAR<\/h3>\n<p>Agar MD ushbu Kodeksning buzilishiga guvoh bo\u2018lsa va shikoyat qilmoqchi bo\u2018lsa, shikoyat yozma shaklda tuzilishi va QNET Siyosat va protseduralariga muvofiq yuborilishi kerak.<\/p>\n<h3>D qism: &laquo;Men muvaffaqiyatga sodiqman&raquo;<\/h3>\n<h3>&laquo;Biznes yuritish ahloqi MENdan, ya\u2019ni Yetakchidan boshlanadi.  QNET Mustaqil distribyutori sifatida men quyidagilarni zimmamga olaman\u2026<\/h3>\n<p>* QNET bilan munosabatlarda halol va adolatli bo\u2018lish;<\/p>\n<p>* O\u2018z professional faoliyatimni nafaqat o\u2018zimning obro\u2018imni, balki QNET yaratgan ijobiy imidjni mustahkamlashga xizmat qiladigan qilib amalga oshirish;<\/p>\n<p>* To\u2018lov rejasini aniq va halol taqdim etish, muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo\u2018lgan mehnat darajasini vijdonan ko\u2018rsatish;<\/p>\n<p>* Faqat haqiqiy daromad imkoniyatlari haqida gapirish va buning uchun talab qilinadigan sa\u2019y-harakatlar bilan bog\u2018liq munosabatni ko\u2018rsatish;<\/p>\n<p>* Biznesning afzalliklari va unga oid ma\u2019lumotlarni kompaniyaning rasmiy materiallarida ko\u2018rsatilgan tarzda hamda o\u2018z shaxsiy tajribamga tayangan holda taqdim etish;<\/p>\n<p>* MD va Referer sifatidagi barcha majburiyatlarni vijdonan bajarish, jumladan, o\u2018z tuzilmam (Daunlaynlar)ni o\u2018qitish va qo\u2018llab-quvvatlash;<\/p>\n<p>* Faoliyatimni tartibga soluvchi barcha Siyosat va protseduralarga rioya qilish;<\/p>\n<p>* Mening tuzilmam (Daudlaynlar) mening servisim va yetakchiligimdan mamnun bo&#8217;lishiga intilish;<\/p>\n<p>* Nomzodlar va Daunlaynlarning savollari va so&#8217;rovlariga halol va vijdonan javob berish;<\/p>\n<p>* Faqat men o\u2018zim nomzod va\/yoki o\u2018z tuzilmamning ishtirokchilari sifatida rivojlantiradigan odamlarni biznesga taklif qilish;<\/p>\n<p>* Har doim birinchi Referer(lar) tomonidan rivojlantirilayotgan nomzodlarni rag\u02bbbatlantirish va faqat u orqali ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>* QNET tarmoq marketingi imkoniyati ekanligini aniq tushuntirish, daromadim bevosita mening marketing va yetakchilik ko\u2018nikmalarimga hamda shaxsiy sa\u2019y-harakatlarimga bog\u2018liqligini ko\u2018rsatish;<\/p>\n<p>* Barcha nomzodlarga, Daudlaynlarga va hamkorlarga hurmat, xayrixohlik va professional xushmuomalalik bilan munosabatda bo\u2018lish;<\/p>\n<p>* Hech qachon boshqa birovning homiylik liniyalaridan Daudlaynlarni o\u2018zimning tuzilmamga jalb qilmaslik;<\/p>\n<p>* Har qanday vaziyatda ham QNET biznesining mohiyatini buzmaslik;<\/p>\n<p>* Oldindan yolg\u2018on yoki chalg\u2018ituvchi bo\u2018lishi aniq bo\u2018lgan reklamadan foydalanmaslik;<\/p>\n<p>* O\u2018z tuzilmamga (Daunlaynimga) va hamkasblarimga nisbatan adolatli va halol bo\u2018lish, o\u2018zimga, tashkilotimga, kompaniyaga va\/yoki butun soha uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo\u2018lgan harakatlardan tiyilish;<\/p>\n<p>* O\u2018z harakatlarimni doimo halollik, oshkoralik va mas\u2019uliyatning eng yuqori standartlariga javob beradigan tarzda amalga oshirish, MD sifatida QNETda men faqat o\u2018z biznesimga emas, balki kengroq ta\u2019sir ko\u2018rsatishimni mumkinligini anglab harakat qilish;<\/p>\n<p>* Rasmiy QNET saytlarida joylashtirilgan ma\u2019lumotlardan shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanish;<\/p>\n<p>* QNET va uning affillangan kompaniyalarining imijiga zarar yetkazishi mumkin bo&#8217;lgan ruxsatsiz yoki noqonuniy saytlarni yaratmaslik.<\/p>\n<h3>Bu mening va\u2019dam va o\u2018zimga, tarmog\u2018imga va Kompaniyamga bo\u2018lgan shaxsiy majburiyatim.<\/h3>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SIYOSATLAR AXLOQ KODEKSI QNet Ltd. (keyingi o\u2018rinlarda &#8211; &laquo;QNET&raquo;, &laquo;biz&raquo;, &laquo;bizni&raquo;) &#8211; QI Group tarkibiga kiruvchi kompaniya bo\u2018lib, sizning shaxsiy ma\u2019lumotlaringizni himoya qilishga katta e\u2019tibor qaratadi va servislarimizdan foydalanishni qulay va xavfsiz qilish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Biznes yuritish qoidalarini belgilovchi ushbu Axloq kodeksi QNET Siyosat va protseduralarining, shuningdek, har bir Mustaqil distribyutorga (MD) majburiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":55380,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55383","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55383","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55383"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55383\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55380"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/cis.qnet.net\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55383"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}