SIYOSATLAR

Javobgarlikni rad etish

Ushbu saytdan foydalanganingizda, siz ushbu javobgarlikni rad etish shartlariga rozilik bildirasiz.

Ma'lumotlarning aniqligi

Saytdagi barcha ma’lumotlar «boricha» va «imkor qadar» taqdim etilgan bo‘lib, faqat umumiy tanishib chiqish uchun mo‘ljallangan. Biz saytga joylashtirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash uchun barcha oqilona choralarni ko‘ramiz, ammo uning aniqligi, to‘liqligi yoki dolzarbligi bo‘yicha hech qanday bevosita yoki bilvosita kafolat bermaymiz.

Biz kelajakdagi daromadlar yoki moliyaviy natijalar bo‘yicha hech qanday kafolat yoki va’da bermasligimizni ochiqchasiga e’lon qilamiz. Pul ishlash yoki daromad imkoniyatlari haqidagi har qanday ma’lumot faqat fikr deb hisoblanadi va siz o‘zingiz uning asosli ekanligiga amin bo‘lmaguningizgacha ishonchli fakt sifatida qabul qilinmasligi kerak. Biz bunday bayonotlarga ishonishingiz natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar yoki yo‘qotishlar uchun javob bermaymiz.

Uchinchi tomon saytlariga havolalar

Bizning saytimizda tashqi manbalarga havolalar joylashtirilishi mumkin. Ushbu havolalar faqat sizning qulayligingiz uchun taqdim etiladi. Havolalarning mavjudligi bizning uchinchi tomon saytlar mazmunini qo‘llab-quvvatlashimiz yoki qo‘llab-quvvatlamasligimizni anglatmaydi. Biz bunday resurslarda joylashtirilgan materiallar uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmamizga olmaymiz va ularni ishlatish, noto‘g‘ri ishlatish yoki mazmuniga ishonish natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar yoki yo‘qotishlar uchun javob bermaymiz. Biz ushbu saytdagi har qanday ma’lumotni oldindan xabardor qilmasdan, o‘z ixtiyorimiz bilan istalgan vaqtda o‘chirish yoki o‘zgartirish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz.

Mavjudlik geografiyasining cheklovlari

QNET sayti butun dunyoda mavjud bo‘lishiga qaramay, kompaniya faqat quyida keltirilgan bozorlarda faoliyat yuritadi. Shu sababli, saytga joylashtirilgan ma’lumotlar hamda taklif etilayotgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar faqat QNET rasmiy faoliyat yuritadigan mamlakatlarda va u yerda mahalliy qonunlar va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan darajada ishlatilishi uchun mo‘ljallangan. Agar siz saytni ishlatishga yoki QNET rasmiy faoliyat yuritmaydigan mamlakatlarda biznes-operatsiyalarni amalga oshirishga qaror qilsangiz, buni butunlay o‘z tashabbusingiz bilan va o‘zingiz uchun xavf-xatarni anglagan holda amalga oshirasiz. Barcha tegishli mahalliy qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, ularni tekshirish va hisobga olish majburiyati to‘liq sizning zimmangizda yotadi.