SIYOSATLAR

Foydalanish shartlari

Biz Xitoy Xalq Respublikasi Maxsus Ma’muriy Hududi – Gonkong qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyamiz va ushbu sayt orqali sizga xizmatlarimizga kirish imkoniyatini ushbu Foydalanish shartlari («Shartlar) asosida taqdim etamiz. Iltimos, ularni diqqat bilan ko’rib chiqing. Ushbu saytdan foydalanib, siz ushbu Shartlarga rozi ekanligingizni tasdiqlaysiz.

Saytdan foydalanish huquqi Biz sizga saytimizdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat beramiz. Bu cheklangan kirish huquqi. Bizning yozma roziligimizsiz siz sayt materiallarini butunlay yoki qisman yuklab olish, o‘zgartirish, nusxalash yoki har qanday shaklda ko‘paytirishingiz mumkin emas. Siz bizning veb-saytimizni yoki uning har qanday qismini ko‘paytirish, nusxalash, o‘zgartirish yoki takrorlash huquqiga ega emassiz.

Materiallarni yuklab olish Saytda siz yuklab olishingiz mumkin bo‘lgan materiallar bo‘limlari mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday fayllarni yuklab olayotganda, siz ularni faqat shaxsiy, notijorat maqsadlarda ishlatishga rozilik bildirasiz. Materiallarda yoki ularning nusxalarida ko‘rsatilgan barcha mualliflik va boshqa huquqlar haqidagi bildirishlar saqlanishi shart. Ushbu materiallarni tijorat maqsadlarida ishlatish (QNET biznesini targ‘ib qilishdan tashqari) yoki ularni boshqa saytlarga joylashtirish faqat QNETning siyosatlari va protseduralariga muvofiq kompaniyaning yozma ruxsati bilan mumkin.

Elektron kommunikatsiyalar Saytimiz orqali operatsiyalarni amalga oshirganingizda yoki bizga elektron pochta orqali xabar yuborganingizda, siz bizdan javoblar va bildirishnomalarni elektron shaklda olishga rozilik bildirasiz. Biz onlayn taqdim etadigan barcha kelishuvlar, bildirishnomalar va boshqa ma’lumotlar huquqiy jihatdan yozma shakldagi hujjatlar bilan teng qiymatga ega hisoblanadi.

Mualliflik huquqlari Ushbu saytning barcha materiallari – matnlar, rasmlar, grafikalar, logotiplar va ularning to‘plamlari – QNETning intellektual mulki hisoblanadi.

Shaxsiy ma’lumotlar Sayt orqali bizga bergan barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz Maxfiylik siyosatimizga muvofiq qayta ishlanadi.

Uchinchi tomon saytlariga havolalar Bizning saytimizda tashqi manbalarga havolalar bo’lishi mumkin. Biz uchinchi tomon saytlarining mazmuni uchun javobgar emasmiz. Batafsil ma’lumotni «Javobgarlikni rad etish» boʻlimidan koʻring.

Amaldagi qonunchilik va yurisdiksiya Ushbu Shartlar Gonkong qonunlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi. Barcha tomonlar ushbu Shartlar bilan bogʻliq barcha masalalar bo’yicha Gonkong sudlarining yurisdiksiyasiga boʻysunishlariga rozilik bildiradilar. Bunday yurisdiksiya mutlaq yurisdiksiya hisoblanmaydi.