Mustaqil distribyutorlarga (MD) o‘z biznesini ijtimoiy tarmoq platformalarida, jumladan bloglar, Facebook, YouTube, LinkedIn, Instagram, Twitter, TikTok va boshqalarda muhokama qilish va targ‘ib qilishga ruxsat beriladi. Quyida kompaniyaning ushbu faollik turi boʻyicha qoidalari va tavsiyalari keltirilgan. Muayyan platformani eslatib oʻtmaslik, ushbu siyosat unga taalluqli emas degan ma’noni bildirmaydi. Alohida qoida mavjud bo‘lmagan hollarda, mustaqil distribyutorlar professional fikrlariga tayanishlari va imkon qadar maksimal darajada professional va mahoratli harakat qilishlari kerak.
Shaxsiy bloglar, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda muallif tomonidan bildirilgan qarashlar faqat unga tegishli ekanligini va kompaniyaning pozitsiyasini aks ettirmasligini ko‘rsatadigan aniq javobgarlikni rad etish bildirishi boʻlishi kerak.
Ibora misoli: «Bu yerda bayon etilgan barcha fikrlar va qarashlar butunlay mening shaxsiy fikrlarim bo‘lib, ular majburiy ravishda QNET Ltd. pozitsiyasini aks ettirmaydi».
Siz o‘zingizni aniq ifoda etishingiz va kompaniyaning mustaqil distribyutorligi maqomingizni ravshan ko‘rsatishingiz kerak. Xodim, agent yoki boshqa biror shaxs sifatida o‘zingizni taqdim etish taqiqlanadi.
Kompaniyaning savdo belgilaridan yoki brendlaridan ijtimoiy tarmoqdagi (masalan, Twitter, Facebook, LinkedIn va boshqalarda) foydalanuvchi nomi yoki akkaunt sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Sizning bloglaringizda, saytlarda va ijtimoiy tarmoq profillaringizda nashr qilinadigan barcha ma’lumotlar QNET Siyosatlari va protseduralariga muvofiq bo‘lishi va ularni to‘liq bajarishi kerak (Siyosatlar va protseduralarning 11.03, 11.04 va 11.05-bandlariga qarang). Ushbu qoida boshqa bloglarda, forumlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda siz qoldiradigan sharhlaringizga ham tegishli.
Mustaqil distribyutorlarga QNET va uning affillangan kompaniyalarining har qanday savdo nomlarini, savdo belgilarini, xizmat nomlarini, xizmat tovar belgilarini, mahsulot nomlarini yoki ularning har qanday hosilalarini har qanday internet-domen yoki elektron pochta manzili uchun ishlatish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki sotish taqiqlanadi (Siyosatlar va protseduralarning 10.03 (c)-bandiga qarang).
Mustaqil distribyutor ekanligingizni bildirganingizda, siz avtomatik ravishda ismingizni kompaniya brendi va qadriyatlari bilan bog‘laysiz. Shu sababli, sizning har qanday onlayn-faoliyatingiz – fotosuratlar, postlar, izohlar – atrofdagilarning QNET, uning mahsulotlari va xizmatlarini qabul qilishiga ta’sir qilishi mumkin. Aynan shuning uchun tarmoqdagi harakatlaringiz Kompaniya imijida ta’sir etishini unutmasligingiz kerak. Quyida har qanday kontentni onlayn nashr etishda amal qilish kerak bo’lgan qoidalar keltirilgan:
Mustaqil distribyutorlar kompaniya yoki uning mahsulotlari haqida izoh qoldirganlarida, har doim o‘z maqomini ochiq ko‘rsatishlari va o‘zlarini QNET Mustaqil Distribyutori sifatida tanitishlari kerak.
Internetda ommaviy sharhlar e’lon qilayotgan Mustaqil distribyutorlar faqat haqiqatni yozishlari va sharhlar amalda mavjud va haqiqiy natijalarga mos kelishi kerak.
2-Ibora misoli: «Men QNET bilan bir oyda 25 000 AQSh dollari daromad oldim, va siz ham bunga qodirsiz». Bu to‘g‘ri bo‘lsa ham, bunday natija «haqiqiy» deb hisoblanmaydi. Bunday bayonotlar qoidalarni buzadi. Daromadlarni muhokama qilishda har doim ushbu mavzu bo‘yicha qoidalar batafsil bayon etilgan Siyosat va protseduralarning 11.02-bandiga amal qiling.
Pulli reklama (masalan, Facebook Ads-da) kompaniyaning logotipi yoki savdo belgilaridan foydalanish taqiqlanadi. Bunday reklamadagi barcha havolalar kompaniyaning rasmiy veb-saytiga emas, balki faqat MDning shaxsiy saytiga olib borishi kerak.
Agar sizda kompaniyaga nisbatan da’volar bo‘lsa, siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy kanallar orqali murojaat qilishingiz kerak: www.qnet.net saytida ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoqlar yoki 24/7 ishlaydigan ko‘p tilli QNET Global qoʻllab-quvvatlash markazi (GSC) orqali. Norozilikni omma oldida ifoda etish uchun uchinchi tomon ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanmang. Aks holda, kompaniya sizning shikoyatingizni to‘g‘ri hal qila olmaydi. Sizning postingizni ko‘rgan ko‘p odamlar muammo hal qilinganligini bilmasligi mumkin va ularda salbiy taassurot qoladi.
Sign in to your account