QNet Ltd. (keyingi o‘rinlarda – «QNET», «biz», «bizni») – QI Group tarkibiga kiruvchi kompaniya bo‘lib, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga katta e’tibor qaratadi va servislarimizdan foydalanishni qulay va xavfsiz qilish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi.
Ushbu Maxfiylik siyosati QNET veb-sayti www.qnet.net va bizning mobil ilovamizga tatbiq etiladi. Unda biz qaysi ma’lumotlarni yig‘ishimiz, ularni qanday ishlatishimiz va sizning ularga kirish hamda o‘zgartirish imkoniyatlaringiz haqida ma’lumot berilgan. QNET saytidan foydalanganingizda, siz bu yerda keltirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash qoidalariga rozilik bildirgan hisoblanasiz. Hujjatda shuningdek, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish, ularga kirish va ularni o‘zgartirish imkoniyatlaringiz ham tushuntirilgan.
QNET sizning quyidagi shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘ishi mumkin: elektron pochta manzili, ism va familiya, uy yoki ish manzili, telefon raqami, shuningdek PIN-kod. Shuningdek, biz shaxsingiz bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan umumiy demografik ma’lumotlarni ham olamiz, masalan: pochta indeksi, yosh, jins, afzalliklar, qiziqishlar va sevimli mashg‘ulotlar.
Bundan tashqari, QNET yuridik shaxslardan quyidagi ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin: kompaniya nomi, manzili, aloqa qiluvchi shaxs va uning lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjati haqida ma’lumot, kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan sana, shuningdek PIN-kod, ism sharifi, bank kartasi raqami, oilaviy holati va fuqaroligi.
Ba’zan biz sizdan uchinchi shaxslar haqida ma’lumot olamiz – masalan, ismi, elektron pochta manzili va tug‘ilgan sanasi. Bunday hollarda sizning do‘stingiz yoki yaqin odamingizga saytimizga tashrif buyurishga taklif qiluvchi bir martalik xat yuborilishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar faqat sizning QNETdagi Vakolatingizning benefisiarini belgilash yoki mahsulotlarni yetkazib berish uchun ishlatiladi. QNET bunday ma’lumotlarni faqat ushbu xatni yuborish uchun [saqlaydi/saqlamaydi]. Agar turmush o‘rtog‘ingiz yoki oila a’zolaringiz o‘z ma’lumotlarini o‘chirishni xohlasa, ular [email protected] manziliga murojaat qilishi mumkin.
QNET saytidan foydalanganda, sizning qurilmangiz haqida ba’zi texnik ma’lumotlar avtomatik tarzda qayd etiladi: IP-manzil, brauzer turi, domen nomi, kirish vaqti va siz oʻtib kelgan sayt manzili. QNET tomonidan ishlatiladigan ushbu ma’lumotlar servisning to‘g‘ri ishlashi, sifatini ta’minlash va QNET veb-saytiga tashriflar statistikasini tuzish uchun zarur.
QNET shuningdek, sizga veb-saytimizda uchrashi mumkin bo‘lgan uchinchi tomon saytlarining maxfiylik siyosatini diqqat bilan o‘rganishni tavsiya qiladi, shunda siz ushbu saytlar qanday ma’lumot yig‘ishi, ishlatishi va uzatishini tushunasiz. QNET o‘z saytiga va QNET saytlar oilasiga tegishli bo‘lmagan veb-saytlarning maxfiylik siyosati va mazmuni uchun javobgar emas.
Bizning ilovalarni yuklab olish va ishlatish jarayonida sizning qurilmangiz turi, operatsion tizim versiyasi va noyob identifikatori (UDID) haqida ma’lumotlar avtomatik tarzda yig‘iladi.
Biz hech qachon sizning qurilmangizning geolokatsiyasiga kirishni so‘ramaymiz va mobil servislarni o‘rnatish yoki ishlatish paytida joylashuvingiz haqidagi ma’lumotlarni kuzatmaymiz.
Ilovamizning qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun biz analitik dasturiy ta’minotdan foydalanamiz. U ilovaning qanchalik tez-tez ishlatilishi, ichidagi voqealar, umumiy statistika, unumdorlik ma’lumotlari va yuklab olish manbai haqida ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin. Biz analitik dasturiy ta’minot tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarni siz mobil ilovada kiritgan shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘lamaymiz.
QNET sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni QNET saytini boshqarish va sizga kerakli xizmatlarni taqdim etish uchun to‘playdi va ishlatadi. Bu yangi taklif qilinganlarni kuzatish, yetkazib beriladigan mahsulotlarni, buyurtmalar va to‘lovlarni nazorat qilish, hisob balansini, tranzaksiyalarni, faolliklar va natijalarni ko‘rish, ustama va komissiyalar haqida ma’lumotga kirish hamda sizning Global qo‘llab-quvvatlash markazingiz (GSC) bilan ishlash imkoniyatini o‘z ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz QNET tomonidan so‘rovlarga javob berish, RSS-lentalarga obuna qilish, yangiliklar, maqolalar va yangilanishlarni yuborish, shuningdek, sizni QNET va uning hamkorlarining boshqa mahsulot va xizmatlari haqida xabardor qilish uchun ishlatilishi mumkin. QNET shuningdek, mavjud xizmatlar yoki kelajakda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan yangi xizmatlar haqida sizning fikringizni bilish uchun so‘rovnomalar yuborishi mumkin. Ba’zan biz demografik ma’lumotlarni so‘rashimiz mumkin (masalan, pochta indeksi). Ushbu ma’lumotlar saytga tashriflar statistikasini tahlil qilish va uning mazmunini shaxsiylashtirish uchun ham ishlatiladi.
QNET sizning ma’lumotlaringizni biznes-akkauntni yaratish va sayt orqali jismoniy shaxslarga mahsulot sotish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, buyurtma qilgan xizmatlaringizni ko‘rsatish uchun yig‘adi va ishlatadi. Biz sizning ma’lumotlaringizni dolzarb yangiliklarni yuborish,savollaringizgi javob berish, RSS- lentalarga obuna qilish, maqolalar va yangilanishlarni taqdim etish uchun ishlatishimiz mumkin. Ma’lum turdagi xabarnomalar yoki bildirishnomalardan qanday voz kechish mumkinligini quyidagi bo‘limdan bilib olishingiz mumkin.
QNET o‘z mijozlari ro‘yxatini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi, sotmaydi va ijaraga bermaydi, faqat ushbu Maxfiylik siyosatida aniq ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Ba’zi hollarda QNET siz bilan o‘z hamkorlari nomidan, sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan maxsus takliflar haqida bog‘lanishi mumkin. Bunda sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz (elektron pochta manzili, ism, yashash manzili, telefon raqami) uchinchi tomon kompaniyalariga uzatilmaydi. QNET ba’zi ma’lumotlarni ishonchli hamkorlar bilan bo‘lishishi mumkin, ular bizga statistika tahlilini o‘tkazishda, elektron pochta yoki pochta xabarlarini yuborishda, mijozlarni qo‘llab-quvvatlashda, to‘lovlarni qayta ishlashda va buyurtmalarni yetkazib berishni tashkil etishda yordam beradi. Bunday barcha hamkorlar sizning ma’lumotlaringizni faqat QNET xizmatlarini taqdim etish uchun ishlatadi va ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Agar siz endi reklama xatlari, yangiliklar, maqolalar yoki yangilanishlarni olishni istamasangiz, har bir xat pastidagi «Obunani bekor qilish» havolasidan foydalanish yoki [email protected] manziliga yozish orqali har qanday vaqtda obunadan voz kechishingiz mumkin.
Ba’zi hollarda [Ishtirokchi] sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni davlat organlarining qonuniy so‘rovlariga, jumladan milliy xavfsizlik yoki huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bog‘liq talablarga binoan oshkor qilishi mumkin. Shuningdek, biz ma’lumotlarni qonun talab qilsa (masalan, sud chaqirig‘i yoki shunga o‘xshash protsedura), yoki biz bunday ma’lumot uzatish QNET huquqlarini himoya qilish, sizning yoki boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, firibgarlik holatlarini tergov qilish yoki davlat organlarining so‘rovlariga javob berish uchun zarur deb hisoblasak, uzatishimiz mumkin.
Agar QNET o‘z aktivlarining bir qismini yoki barchasini birlashtirish, sotib olish yoki sotish jarayonida ishtirok etsa, biz sizni o‘zgarishlar haqida elektron pochta orqali va/yoki saytimizda ko‘zga tashlanadigan e’lon orqali xabardor qilamiz. Xabarnomada sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga egalik qilish yoki foydalanishning yangi shartlari va ushbu o‘zgarishlar bilan bog‘liq sizning mumkin bo‘lgan harakat variantlaringiz ko‘rsatiladi.
QNET sizning roziligingizsiz sezgir shaxsiy ma’lumotlarni (masalan, irq, din yoki siyosiy qarashlar) ishlatmaydi va oshkor qilmaydi.
Qaysi QNET xizmatlari eng ko‘p talabga ega ekanligini tushunish uchun QNET foydalanuvchilarning qaysi veb-sahifalar va sayt bo‘limlariga tashrif buyurganini qayd qiladi. Ushbu ma’lumotlar QNET foydalanuvchilari orasida ma’lum mavzular yoki xizmatlarga qiziqish ko‘rsatganlarga shaxsiylashtirilgan kontent va reklama taqdim etishda yordam beradi.
QNET sayti cookie-fayllardan sayt bilan ishlashni qulayroq va shaxsiylashtirilgan qilish uchun foydalanadi. Cookie – bu veb-server tomonidan sizning kompyuteringizning qattiq diskida saqlanadigan kichik matn faylidir. Cookie-fayllar dasturlarni ishga tushira olmaydi yoki viruslarni kompyuteringizga o‘tkaza olmaydi. Har bir cookie-fayl noyob boʻlib, uni faqat uni yaratgan veb-server o‘qishi mumkin.
Cookie-fayllardan foydalanishning asosiy maqsadi vaqtni tejash va sayt bilan ishlashni osonlashtirish. Cookie-faylning maqsadi veb-serverga ma’lum bir sahifaga qaytganingizni bildirishdir. Misol uchun, agar siz QNET sahifalarini o‘zingiz uchun o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki saytga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, cookie tizimga keyingi tashrifingizda ma’lumotlaringizni «eslab qolish» imkonini beradi. Bu sizni hisoblarni taqdim etish yoki yetkazib berish uchun manzil kabi ma’lumotlarni qayta kiritish zaruratidan xalos qiladi. Saytga qayta kirganingizda, oldin kiritilgan ma’lumotlar avtomatik tarzda tiklanishi mumkin va shaxsiylashtirilgan funksiyalardan foydalanish siz uchun osonlashadi.
Sizda har doim cookie-fayllarni qabul qilish yoki rad etish imkoniyati mavjud. Ko‘pgina brauzerlar ularni avtomatik ravishda qabul qiladi, ammo siz cookie-fayllar saqlanmasligi uchun sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin. Biroq, bu holda, QNET saytining ba’zi interaktiv imkoniyatlari erishimli bo‘lmasligi mumkin.
Uchinchi tomon servislari tomonidan cookie-fayllardan foydalanish ushbu Maxfiylik siyosati bilan tartibga solinmaydi.
Biz yoki kuzatuv tizimidagi bizning hamkorimiz clear gifs texnologiyasidan (shuningdek, veb-mayoqlar (web beacons) yoki veb-qoʻngʻizlar (web bugs) nomi bilan ham tanilgan) foydalanadi. Ushbu texnologiya sayt mazmunini samaraliroq boshqarishga yordam beradi va qaysi materiallar foydalanuvchilar uchun haqiqatan qiziqarli ekanligini ko‘rsatadi. Clear gifs – bu noyob identifikatorga ega bo’lgan kichik grafik elementlar. Ularning funksiyalari cookie-fayllarga o‘xshaydi va tarmoqdagi foydalanuvchilarning harakatlarini kuzatishga imkon beradi. Kompyuterning qattiq diskida saqlanadigan cookie-fayllardan farqli o‘laroq, clear gifs veb-sahifalarga ko‘zga tashlanmaydigan tarzda joylashtirilgan bo‘lib, ularning o‘lchami ushbu jumlaning oxiridagi nuqta kabi juda kichik boʻladi. Biz clear gifs yordamida to‘plangan ma’lumotlarni foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari bilan bog‘lamaymiz.
QNET kompaniyasi va uning hamkorlari cookie-fayllar va shunga o‘xshash texnologiyalardan tendensiyalarni tahlil qilish, saytni boshqarish, foydalanuvchilarning sahifalar bo‘ylab harakatini kuzatish hamda umumiy auditoriyamiz haqida demografik ma’lumot yig‘ish uchun foydalanadi. Siz cookie-fayllardan foydalanishni o‘z brauzeringizning sozlamalari orqali boshqarishingiz mumkin. Ammo, agar siz cookie-fayllarni o’chirib qo‘ysangiz, bu saytning ba’zi funksiyalari yoki servislariga kirishni cheklashi mumkin.
Biz saytimizda reklama joylashtirish va boshqa manbalardagi reklamalarni boshqarish uchun uchinchi tomon kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz. Hamkorlarimiz sizning qiziqishlaringiz va tashriflaringiz tarixiga asoslanib, reklamalarni ko’rsatish uchun cookie-fayllar yoki shunga o’xshash texnologiyalardan foydalanishlari mumkin. Agar siz Yevropa Ittifoqida bo‘lsangiz va qiziqishlaringizga moslashtirilgan reklamadan voz kechmoqchi bo‘lsangiz, buni ushbu havola orqali amalga oshirishingiz mumkin: https://www.youronlinechoices.eu/. E’tibor bering: shundan so‘ng ham siz reklamalarni ko‘rishda davom etasiz, lekin ular umumiy xarakterga ega bo‘ladi, shaxsiylashtirilgan bo‘lmaydi.
Ilovamizning qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun biz analitik dasturiy ta’minotdan foydalanamiz. U ilovaning qanchalik tez-tez ishlatilishi, ichidagi voqealar, umumiy statistika, unumdorlik ma’lumotlari va yuklab olish manbai haqida ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin. Biz analitik dasturiy ta’minot tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarni siz mobil ilovada kiritgan shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘lamaymiz.
QNET sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatsiz kirish, foydalanish yoki oshkor qilinishidan himoya qilish uchun sohadagi eng yaxshi umumiy qabul qilingan standartlardan foydalanadi. Sizni aniqlashga imkon beruvchi ma’lumotlar himoyalangan serverlarda, cheklangan kirish huquqiga ega nazorat ostidagi muhitda saqlanadi. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz (masalan, bank kartasi raqami) boshqa saytga uzatilganda, ular Secure Socket Layer (SSL) protokoli kabi shifrlash texnologiyalari yordamida himoyalanadi.
QNET shaxsiy ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish jarayonida ularni himoya qilish uchun axborot xavfsizligi sohasidagi umumiy qabul qilingan standartlarga rioya qiladi. Biroq, Internet orqali ma’lumot uzatish yoki elektron saqlashning hech bir usuli 100% xavfsizlikni kafolatlay olmaydi. Shuning uchun biz ma’lumotlarning mutlaq himoyasini va’da qila olmaymiz.
Bizning saytimizda Facebookning «Yoqadi» tugmasi kabi ijtimoiy tarmoqlar funksiyalari hamda «Ulashish» tugmasi yoki interaktiv mini-ilovalar kabi vidjetlar mavjud. Ushbu elementlar sizning IP-manzilingiz, saytning qaysi sahifasini ko‘rayotganingiz haqidagi ma’lumotlarni olishi va funksiyalarning to‘g‘ri ishlashi uchun cookie-fayllarni o‘rnatishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar funksiyalari va vidjetlari ham uchinchi tomon servislari tomonidan, ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri QNET saytida joylashtirilishi mumkin. Ular bilan bo‘lgan barcha aloqalaringiz tegishli funksiyani taqdim etuvchi kompaniyaning maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi.
Bizning saytimizda mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan sharhlari nashr etiladi. Mijozning sharhlarini joylashtirishdan oldin, biz har doim mijozning ismini sharh matni bilan birga nashr etishga roziligini olamiz. Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni nashr etilgan sharhlardan olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, biz bilan [email protected] manzili orqali bogʻlaning. Ba’zi hollarda ma’lumotni oʻchirishning iloji bo‘lmasligi mumkin – agar shunday bo‘lsa, biz sizga sababini tushuntiramiz.
Sizning so‘rovingiz bo‘yicha QNET sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz bizda saqlanayotganligi yoki saqlanmayotganligi haqida ma’lumot berishi mumkin. Agar sizning ma’lumotlaringiz o‘zgargan bo‘lsa yoki siz bizning xizmatlarimizdan foydalanishni istamasangiz, shaxsiy kabinetga kirib, «Mening profilim» bo‘limi orqali ma’lumotlarni o‘zgartirishingiz, xatoliklarni o‘chirishingiz yoki yangilashingiz mumkin, yoki biz bilan [email protected] manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin. Biz bunday so’rovlarga 30 kun ichida javob beramiz. Ba’zi hollarda sizning so‘rovingizni bajarish imkonsiz bo‘lishi mumkin, masalan, agar bu bizning huquqiy yoki tartibga soluvchi majburiyatlarimizga zid bo‘lsa, so‘rovingiz sud jarayoniga taalluqli bo‘lsa, biz sizning shaxsingizni tasdiqlay olmasak yoki so‘rovni bajarish juda katta xarajat yoki kuch talab qilsa. Har qanday holatda biz sizning so‘rovingizga belgilangan muddatda javob beramiz va tushuntirish taqdim etamiz.
Biz sizning ma’lumotlaringizni akkauntingiz faol bo‘lgan yoki xizmatlarimizni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan muddatgacha saqlaymiz. Agar siz akkauntingizni yopmoqchi bo‘lsangiz yoki ma’lumotlaringizdan foydalanishni to‘xtatishimizni xohlasangiz, yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali biz bilan bog‘laning. Shu bilan birga, biz ayrim ma’lumotlarni huquqiy majburiyatlarni bajarish, nizolarni hal qilish va kelishuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muddatgacha saqlaymiz va ishlatamiz.
Maxfiylik siyosati ma’lumotlarni qayta ishlashdagi dolzarb yondashuvlarimizni aks ettirishi uchun biz vaqt-vaqti bilan unga o‘zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Agar o‘zgarishlar muhim bo‘lsa, biz ularning kuchga kirishidan oldin sizni oldindan xabardor qilamiz – elektron pochta orqali (akkauntingizda ko‘rsatilgan manzilga) yoki QNET saytida e’lon qilish orqali. So‘nggi yangilanishlardan xabardor bo‘lish uchun vaqti-vaqti bilan ushbu sahifaga qarashni tavsiya etamiz.
Biz har doim ushbu Maxfiylik siyosati bo‘yicha savollaringiz va takliflaringizga ochiqmiz. Agar siz QNET bu yerda ko‘rsatilgan qoidalarni buzgan deb hisoblasangiz, sayt ma’muri bilan bogʻlaning. Vaziyatni tezda hal qilish va muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.
Sign in to your account