QNET

QNET VA SPORT

Sport biz uchun o‘yinlar va musobaqalardan ko‘proq narsani anglatadi. Bu odamlarni birlashtiradigan, xarakterni shakllantiradigan va hayotdagi g‘alabalarni ilhomlantiradigan kuchdir.

BIZNING HAMKORLARIMIZ

mancity

Jahon darajasidagi hamkorlik

Manchester City futbol klubi

2014-yildan beri QNET faxr bilan Manchester City futbol klubining rasmiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo bo‘yicha hamkoridir. Biz klub bilan uning barcha yorqin g‘alabalarini, jumladan 2023-yildagi tarixiy treblni ham birgalikda nishonladik. 2018-yilda QNET klubning ayollar jamoasini qo‘llab-quvvatlab, futbolkalarning yeng qismiga o‘z logotipini joylashtirgan birinchi homiyga aylandi va shu tariqa ayollar sportining rivojlanishiga hissa qo‘shdi.

Bu hamkorlik QNET qadriyatlari va RYTHM (Raise Yourself To Help Mankind) falsafasini aks ettirib, biznes va sportga bo‘lgan ishtiyoqni birlashtiradi.

caf box 2

Rasmiy homiy

QNET va Afrika futboli

2018-yildan beri QNET Afrika futbol konfederatsiyasining (CAF) rasmiy homiysi hisoblanadi. QNET nufuzli musobaqalarni – Chempionlar ligasi, Konfederatsiya kubogi va Superkubokni – qo‘llab-quvvatlash orqali Afrika futbolining o‘sishiga, millionlab insonlarni ilhomlantirishga va sport hamda jamiyat uchun yangi ufqlar ochish orqali hayotlarni o‘zgartirishga yordam bermoqda.

malaysia hockey2 1

Bosh homiy

MHC bilan hamkorlik

Malayziyada chimdagi xokkey – bu shunchaki sport emas, u jamoaviy o‘yinlar orasida mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu mamlakat bilan chambarchas bog‘langan QNET uchun 2014-yildan beri Malayziya Xokkey Konfederatsiyasi (MHC)ning strategik hamkori bo‘lish katta sharafdir. Malayziya terma jamoasining har bir g‘alabasi bizning g‘ururimizdir. QNET ramzi dunyoning eng nufuzli musobaqalarida – Jahon chempionati, Osiyo o‘yinlari va Hamdo‘stlik o‘yinlarida – o‘yinchilarning yenglarini bezab turadi. Shuningdek, biz faxr va mamnuniyat bilan butun Malayziya bo‘ylab sportchilarni ilhomlantiruvchi va muxlislarni birlashtiruvchi nufuzli musobaqa – «Selangor» xokkey ligasini qo‘llab-quvvatlaymiz.

chetan korada 2

Rasmiy homiy

QNET va Chetan Korada

Chetan korada orzu uchun chegara yo‘qligini isbotlab berdi. Tug‘ma nuqsonni yengib o‘tgan u professional poygachi bo‘lib, avtomobilni hech qanday o‘zgartirishsiz boshqaradigan yagona protezli haydovchi sifatida tarixga kirdi. Tadbirkor, yetakchi va odamlarni ruhlantiruvchi notiq sifatida u butun dunyo bo‘ylab minglab yoshlarni ilhomlantirmoqda. 2009-yildan beri QNET kuch va ilhom timsoli bo‘lgan Chetan Koradyni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda va bundan faxrlanadi. Bugungi kunda biz uning Quest Motorsports akademiyasini ham qo‘llab-quvvatlaymiz – u yosh iqtidorlarga orzulariga ishonish va chempion bo‘lishga yordam beradi.